O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi a'zosi Izboskan tumanida saylovchilar bilan uchrashdi

Jamiyat 16:01 / 01.04.2016 1982

Andijon viloyati Izboskan tumanidagi Tuyachi qishlog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi a'zosi Alisher Shodmonovning saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.

Unda Prezidentimizning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasi hamda “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyati, dasturning ijrosini ta'minlash, bu borada partiya faollari oldida turgan muhim vazifalar xususida fikr almashildi. Jamiyatimizda qonun ustuvorligini ta'minlash, erishilayotgan yutuqlar ko‘lami va salmog‘ini yanada oshirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirish, yoshlar ta'lim-tarbiyasi, bandligi masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Uchrashuvda deputat saylovchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

Ko‘proq yangiliklar: