Olimpiada saralash turnirida o‘zbekistonlik bokschilarning oltin medallari soni uchtaga yetdi

Sport 17:49 / 01.04.2016 1421

Xitoyning Kuinan shahrida boks bo‘yicha XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmalari uchun o‘tkazilayotgan Osiyo va Okeaniya qo‘shma lisenzion chempionatida yana ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi final janglarini g‘alaba bilan yakunladi.

-52 kg vazn toifasida ringga chiqqan Shahobiddin Zoirov mezbonlar vakili Jianguan Xuga qarshi kechgan final uchrashuvida raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, og‘irlik vazni 69 kg.gacha bo‘lgan bokschilar musobaqasida yana bir o‘zbekistonlik Shahram Giyasov ham finalda tailandlik bokschini mag‘lub etib, oltin medalga sazovor bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval Hasanboy Do‘smatov filippinlik bokschini mag‘lub etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgandi.

Bugun bo‘lib o‘tadigan final bahslarida, shuningdek, Elshod Rasulov (-81 kg) qozog‘istonlik Adilbek Niyazimbetov bilan kuch sinashadi.

2 aprel kuni o‘tkaziladigan final janglarida Yodgoroy Mirzayeva (-51 kg) xitoylik Kankan Ren bilan, Rustam To‘laganov (-91 kg) xitoylik Fengkay Yu bilan va nihoyat Bahodir Jalolov (+91 kg) qozog‘istonlik Ivan Dichko bilan bahs yuritadi.

Ko‘proq yangiliklar: