Obama Ukrainaning yangi hukumatiga 1 mlrd dollar berilishini tasdiqladi

Jahon 11:09 / 01.04.2016 974

AQSh prezidenti Barak Obama Ukrainada yangi hukumat tashkil etilgach, Kiyevga 1 milliard AQSh dollari miqdorida qarz berishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Ukraina davlat rahbari matbuot xizmati xabar berishicha, Obama Petro Poroshenko bilan Vashingtonda o‘tkazgan uchrashuvidan so‘ng, ma'lum qilgan.

"Muloqotda Ukrainada islohotlar o‘tkazishni maqsad qilgan koalitsiya va hukumatni tezroq shakllantirish masalasiga e'tibor qaratilgan. Prezident Obama Ukraina hukumati tashkil etilishi bilan bog‘liq ishlar yakunlangach, 1 mlrd dollar qarz berilishiga va'da berdi", -deyiladi xabarda.

Obama va Poroshenko shuningdek, Minsk kelishuvlarini to‘liq hayotga tatbiq etilishi yuzasidan sa'y-harakatlarni birlashtirishga kelishib olgan. Ular, AQSh va Ukraina o‘rtasida strategik hamkorlikni rivojlantirish masalalarini ham muhokama etishgan.

Ukrainaning XVJ (xalqaro valyuta jamg‘armasi) bilan munosabatlari xususida to‘xtaladigan bo‘lsak, Jamg‘arma 2014 yil aprelida Ukraina uchun 17,1 mlrd qarz berishni nazarda tutuvchi maxsus "stand by" kredit dasturini tasdiqlagandi. O‘tgan yilning may oyida, Kiyev uning 3,2 mlrd dollar miqdoridagi ilk transhini olgan, ikkinchisi avgust oyida (1,7 mlrd AQSh dollari) Ukraina hisobiga o‘tkazilgan edi. Uchinchi transh 2015 yil dekabrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lsada, hozircha Kiyev kreditni olmagan.

Ko‘proq yangiliklar: