OAV: Messini "Barselona"dagi sharoitlar qoniqtirmayapti va u "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin

Sport 10:06 / 01.04.2016 993

"Barselona" va Messi o‘rtasida shartnoma bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Bu vaqtda esa "Manchester Siti" jamoasi argentinalik futbolchiga jozibali taklif bermoqda.

Messi va "Barselona" 2018 yilgacha tuzilgan amaldagi shartnomani uzaytirish borasida muzokara olib boshlagandi. "Ko‘k-anorranglilar" futbolchi bilan shartnomani 2021 yilgacha uzaytirishmoqchi, lekin futbolchi bunga shoshilmayapti va uning talabi bilan muzokaralar to‘xtatilgan. Bu haqda ingliz matbuotida yozilgan.

"Barselona" prezidenti Jozep Bartomeu futbolchi va uning agenti bo‘lgan otasiga ularning talablarini bajarish imkonsiz ekanini bildirgan.

Ayni vaqtda "Manchester Siti" Messiga u istagan maoshni berishni ko‘zda tutadigan 5 yillik shartnoma taklif qilgan.

The Sun nashri xabarida aytilishicha, gap haftasiga 1 mln yevro maosh to‘lash haqida ketmoqda.

Manbaning yozishicha, futbolchi va "Barselona"ning hamkorligi davom etishi ehtimoli kam, "Manchester Siti"ga Gvardiolaning bosh murabbiy sifatida kelishi ham Messining tanloviga ta'sir o‘tkazishi mumkinligi aytilgan.

Ko‘proq yangiliklar: