Mashhurada o‘quv jarayonlari yanada qulaylashdi

Jamiyat 15:50 / 01.04.2016 1485

O‘zbekistonda o‘zining 30 dan ziyod o‘quv kurslari bilan yaxshi tanilgan, qolaversa, o‘qitish tizimining sifati va tezkorligi bilan ajralib turuvchi “Mashhura” o‘quv markazi doim yangilikka intilib, zamon bilan hamnafas qadam tashlaydi. Buni markazda bo‘layotgan o‘zgarishlardan, faoliyat ko‘lamining kengayayotganidan payqash qiyin emas.

Gapimizning isboti tariqasida shuni alohida ta'kidlab o‘tishni istar edik-ki, “Mashhura” O‘zbekistondagi o‘quv markazlari orasida birinchi bo‘lib, o‘z mashg‘ulotlarini yanada samarali o‘tishini ta'minlash maqsadida, o‘quv darslarida interfaol doskalardan foydalanmoqda. Tabiiyki, bu “Mashhura”ga ilm olib, hunar o‘rganay deb kelgan yoshlarning mashg‘ulotlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatayotir.

Shu o‘rinda, ma'lumot o‘rnida aytib o‘tish kerak: interfaol doskalar zamonaviy texnologiyaning yangi yutuqlaridan biri bo‘lib, rivojlangan davlatlardagi o‘quv markazlaridagi mashg‘ulotlar aynan shu texnologiya yordamida amalga oshiriladi. Interfaol doska — katta sensor ekran bo‘lib, kompyuter va proyektorga ulangan tizimning bir qismi sifatida ishlaydi. Proyektor yordamida kompyuterdagi tasvir doskada tasvirlanadi va bu o‘quv mashg‘ulotlarining realikka xos tarzda o‘tishiga imkon beradi.

Ming marta eshitgandan ko‘ra, bir marta borib ko‘rgan afzal, deyishgan. Buni “Mashhura”da ilm olib, hunar egallayotgan yoshlar biladi.

 

Manzil: Toshkent shahar, “Beruniy” metro bekati. Mo‘ljal: Artel kompaniyasi yonida
Tel: 249-95-05
Faks: 246-00-50

Ko‘proq yangiliklar: