Manba: Shimoliy Koreya Janubiy Koreyadagi sun'iy yo‘ldosh signalini so‘ndirib qo‘ydi

Jahon 07:16 / 01.04.2016 1091

Seulning ta'kidlashicha, Shimoliy Koreya Janubiy Koreyadagi sun'iy yo‘ldosh signalini so‘ndirib qo‘ygan. Bu haqda Janubiy Koreya milliy mudofaa vazirligidagi manbaga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Shimoliy Koreya shu tariqa GPS navigatsiya signalini so‘ndirish uchun qurilmani sinovdan o‘tkazgan.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, 31 mart kechki payt Janubiy Koreyaning bir qator hududlarida, jumladan Seul va Inchxon shaharlarida hamda Kanvondo va Kyongido viloyatlarida global joylashuv tizimi – GPS qurilmalari ommaviy tarzda nosoz ishlashi kuzatilgan. Mobil telefonlar, avtomobil va boshqa transport vositalarida navigatsiya yomon ishlagan.

"Bu aviatsiya va kemachilikka muayyan xavf tug‘dirdi, biroq bu gal noxush voqealar yuz bermadi", deb aytdi manba.

Manba bu holat Seulda GPS signalini bir necha bor so‘ndirishga harakat qilgan Pxenyanning harakatlari sababli bo‘lgan, deb hisoblamoqda.

"Shimoliy Koreya mart oyida Janubiy Koreyaning poytaxt hududida bir necha bor GPS signalini so‘ndirishga harakat qildi. Biroq hozirgi xalaqitlar eng kuchlisi bo‘ldi va texnika ishida nosozliklarga olib keldi", deb ta'kidlamoqda manba.

Ko‘proq yangiliklar: