Italiyada hamshira 13 bemor umriga zomin bo‘ldi

Jamiyat 02:02 / 01.04.2016 1154

Italiyada 13 nafar bemorning o‘limiga sababchi deb gumon qilinayotgan hamshirani qo‘lga olishdi. Bu haqida ANSA agentligi xabar beradi.

Hibsga olingan 55 yoshli Fausta Bonino Pombino shahri (Toskana hududi)dagi shifoxonaning anesteziologiya va reanimatologiya bo‘limida faoliyat yuritib kelgan.
2014-2015 yillar orasida 61 yoshdan 88 yoshgacha bo‘lgan bemorlar hamshira osma ukol orqali yuborgan dorilar natijasida olamdan o‘tgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, bu dori – antikoagulyant bo‘lib, u bemorlarda kuchli qon ketishini yuzaga keltirgan.

Politsiya bir necha oy davomida gumondor shaxslarni kuzatib yurgan. Huquq-tartibot idoralari shifoxona statistikasi bilan tanishib chiqgach, Boninoga ko‘proq e'tibor qarata boshladi. Ularda kichik kasalxona uchun o‘lim darajasi haddan ziyod yuqoriga ko‘tarilgani shubha uyg‘otdi.

Tadqiqotlar natijasida barcha bemorlar o‘limida Boninoning qo‘li borligi aniqlandi.

Ko‘proq yangiliklar: