Hindistonlik shifokorlar Toshkentda bepul konsultatsiyalar o‘tkazishadi

O‘zbekiston 01:45 / 01.04.2016 2580

25-27 aprel kunlari hindistonlik bir guruh tibbiyot mutaxassislari Toshkent tibbiyot akademiyasining 3-klinikasida bepul konsultatsiya va tekshiruvlarni amalga oshirishadi.

Hind shifokorlari jamoasi kardiojarroh, travmatolog-ortoped, neyrojarroh va onkologlardan iborat.

Bemorlar gumanitar aksiya doirasida tekshiruvdan o‘tkaziladi. Tekshiruvdan o‘tishni istaganlar Toshkent tibbiyot akademiyasining konsultativ klinikasida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: