Eros Ramazottidan Rossiyadagi konsertlarini bekor qilgani uchun 5 mln yevro undirishmoqchi

Jamiyat 18:37 / 01.04.2016 1443

Rossiyada Ramazotti konsertlarining tashkilotchisi "Global kommunikatsiyalar" kompaniyasi xonandaning shartnoma shartlariga amal qilmagani uchun uni sudga bermoqchi.

"Biz da'vo arizasini tayyorlab qo‘ydik, dushanba kuni u Moskva Arbitraj sudiga topshiriladi. Da'vo 1,5 million yevroni tashkil qiladi va keyinchalik chiqimlar ortgani sari biz uni yanada oshirishni rejalashtirganmiz, chunki turne 10dan ortiq shaharda o‘tkazilishi rejalashtirilgandi, hozir barcha xarajatlar to‘liq hisoblab chiqilmoqda", - dedi Panasyuk.

Advokatning aytishicha, tashkilotchilar ancha xarajat sarf qilishgan.

"Undan tashqari biz Ramazottiga to‘langan gonorarlarni undan qaytarib olmoqchimiz. Unga juda katta pul to‘langan, shunga qaramay u kelmadi. Da'vo xonandaning rasmiy vakili Radio Rama kompaniyasiga qarshi qo‘zg‘atiladi", - deb aniqlik kiritdi Panasyuk.

Undan tashqari, "Global kommunikatsiyalar" Ramazotti konsertlarining tashkiliy hamkori hisoblangan Trident Music prodyuserlik kompaniyasidan ham 2 million yevro undirish niyatida.

Ko‘proq yangiliklar: