«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger hollandiyalik afsonaviy futbolchi Yohan Kroyff haqidagi xotiralarini aytib o‘tdi.
«Kroyff mening bolalikdagi kumirlarimdan biri edi. U mendan anchagina katta edi va uning qilgan ishlari ham men qilganlarimdan katta bo‘ldi.
Uni futboldagi Jyeyms Din deyish mumkin (Jyeyms Bayron Din - amerikalik aktyor. 1931 yilda tug‘ilib, 1955 yilda, 24 yoshida avtopoygada qatnashish vaqtida fojiali tarzda halok bo‘lgan. Unga o‘limidan keyin 2 marta "Oskar" berilgan - tahririyat). U ham chekardi va o‘ynardi. Men uning Strasburgda bizga qarshi o‘yin oldidan sendvichni paqqos tushirgani, maydonga tushib esa barchadan zo‘r o‘ynaganini ko‘rganman.
U o‘z harakatlari bilan o‘zining erksevar ekanini namoyish etardi. Uning kuchli shaxsiyati uni yanada buyuk qilardi.
Kroyffning shaxsiyati uning barcha zamondoshlari kabi meni ham ta'sirlantirgan», – deydi Venger.
Kroyffga o‘pka saratoni tashxisi qo‘yildi
3 karra «Oltin to‘p» sohibi Yohan Kroyff vafot etdi
Lionel Messi: «Biz bu jamoadaligimiz uchun Kroyffdan minnatdor bo‘lishimiz kerak»