AQSh Ukrainaga xavfsizlik sektoridagi islohotlarga 335 mln dollar ajratadi

Jahon 08:46 / 01.04.2016 778

AQSh Ukrainaga xavfsizlik sektorini, jumladan qurolli kuchlar, milliy gvardiya va davlat chegara xizmatini isloh qilish uchun qo‘shimcha 335 mln dollar ajratadigan bo‘ldi.

Bu haqda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden bilan suhbati natijalariga ko‘ra feysbukida ma'lum qildi.

Poroshenko, shuningdek, Bayden va AQSh Davlat kotibi Jon Kerriga Ukrainaga ko‘rsatayotgan har tomonlama ko‘maklari uchun minnatdorchilik bildirdi.  

Bundan avvalroq Poroshenko Vashingtonda xorijiy ko‘mak Ukrainani yanada kuchliroq bo‘lishiga imkon berishi, chunki davlatning zaifligi unga tajovuzkorlik qilinishini keltirib chiqarishini aytib o‘tgandi.

Ko‘proq yangiliklar: