Xitoy va Janubiy Koreyada 1.5 mingdan ortiq McDonald's restoranlari ochiladi

Jahon 23:05 / 31.03.2016 1076

Taniqli fast-fud tarmog‘i hisoblangan McDonald's yaqin besh yil ichida Xitoy, Xongkong va Janubiy Koreyada o‘zining 1.5 mingdan ziyod restoranlarini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqida korporatsiyaning rasmiy sayti xabar qildi

Bugungi kunda kompaniyaning bu mamlakatlarda 2.8 mingta restorani mavjud. McDonald's bosh direktori Stiven Isterbruk The Wall Street Journal jurnaliga bergan intervyusida qayd etishicha, tarmoqlarni kengaytirishga 2015 yilda Xitoy, Yaponiya va AQShdagi 350ta restoranlarning yopilganligi sabab bo‘lgan.

Isterbrukning so‘zlariga ko‘ra, korporatsiya franchayzing bo‘yicha dunyo bo‘ylab hamkorlikni maqsad qilib olgan va 81 foizli ulushni 90 foizga oshirish niyatida.
Uning ta'kidlashicha, faqatgina Xitoyda 1300ga yaqin McDonald's restorani ochiladi. Hozirda mamlakatda kompaniyaning 2200ta restorani faoliyat yuritmoqda. Bosh direktor McDonald's restoranlar sonining ko‘pligi bo‘yicha Xitoyni AQShdan keyingi ikkinchi mamlakat sifatida qayd etishni rejalashtirgan.
The Wall Street Journal nashrining McKinsey & Co. konsalting kompaniyasi ma'lumotlariga tayanib xabar berishicha, Xitoy aholisi fast-fud iste'mol qilishga shubha bilan qaray boshlagan. XXRning 10 mingga yaqin fuqarolari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 2015 yilda 51 foiz aholi fast-fud tanovul qilganini qayd etgan. 2012 yilda bu ko‘rsatkich 67 foizni tashkil etgandi.

Isterbruk kompaniyaning Xitoydagi restoranlarida vegetariancha taomlar, shuningdek, meva va sabzavotlar ham paydo bo‘lishini ma'lum qildi.

Ko‘proq yangiliklar: