Xitoy 2016 yilda Rossiyadan 27 million tonna neft xarid qiladi

Iqtisodiyot 15:23 / 31.03.2016 1010

Xitoy 2016 yili «Skovorodino — Moxe» neft quvuri orqali Rossiyadan 16,5 mln tonna qora oltin xom ashyosini sotib olishga tayyorligini bildirgan.

«Rossiyadan Xitoyga barcha yo‘nalishlar bo‘yicha yetkazib beriladigan neftning umumiy hajmi 27 mln tonnani tashkil etadi», —deb ma'lum qilgan «Transneft» vitse-prezidenti Sergey Andronov, Russia-China Oil&Gas konferensiyasi chog‘ida.

U mazkur yo‘nalishlar xususida batafsil to‘xtalib, 7 mln tonna qora oltin Qozog‘iston orqali, qolgan 3,5 million tonnasi hukumatlararo kelishuvga ko‘ra, Kozmino portidan yuklanishini bildirgan.

Andronovning aytishicha, hozirda neft yetkazib berish hajmini oshirish maqsadida Xitoy hududida investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Buning natijasida, «Skovorodino — Moxe» quvuri sig‘imi 30 mln tonnaga yetkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: