Video: Braziliyadagi futbol uchrashuvi arilar sababli to‘xtatildi

Sport 09:36 / 31.03.2016 1050

Braziliyada Paraiba shtati chempionati doirasida o‘tkazilgan "Kampinense" va "Treze" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda qiziq holat yuz berdi, deb xabar bermoqda "Espresso" nashri.

Uchrashuv hakami uchrashuvni yovvoyi arilar sababli bir necha soniyaga to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

"Uchrashuvni to‘xtatishga stadionga "tashrif buyurgan" yovvoyi arilar to‘dasi sabab bo‘ldi", deyilmoqda xabarda.

Hakam arilar chaqishidan qochish uchun futbolchilar bilan birga yerga yotib olgan.

Arilar stadionni tark etgach uchrashuv davom ettirilgan.

Ta'kidlash joizki, bunday holatlar turli sport uchrashuvlarida goh-gohida kuzatib turiladi.

Ko‘proq yangiliklar: