Vetnam parlamentiga ilk marta ayol siyosatchi spiker sifatida saylandi

Jahon 10:11 / 31.03.2016 986

Vetnam sotsialistik respublikasi Milliy majlisi raisligiga mamlakat tarixida ilk bora ayol siyosatchi saylandi. Parlamentning Xanoyda bo‘lib o‘tayotgan 13 chaqiriq 11 sessiyasida 62 yoshli Nguyen Txi Kim Ngan qonun chiqaruvchi organning yangi spikeri etib saylangan

2011 yildan Milliy majlis deputati Nguyen Txi Kim Ngan shu paytgacha spiker o‘rinbosari bo‘lib kelgan. Vetnam kommunistik partiyasining yanvar oyida bo‘lib o‘tgan XII s'yezdi, uni parlament spikerligiga tavsiya qilgan edi.

Haftaning so‘nggiga qadar, mamlakat parlamenti o‘z vakolatlarini topshirayotgan davlat rahbari Chiong Tan Shang o‘rniga, yangi davlat rahbarini saylab olishlari kerak. Jamoat xavfsizligi vaziri, 61 yoshli general Chan Day Kuang ushbu lavozimni egallashi kutilmoqda. Uning nomzodi VKP (Vetnam kommunistik partiyasi) XII s'yezdida prezidentlikka tavsiya qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: