Saudiya Arabistonida million dollar turuvchi ruchka sotuvga qo‘yiladi

Jahon 23:53 / 31.03.2016 1145

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda aprel boshida o‘tadigan World Luxury Expo ko‘rgazmasida yozuvchi anjomlar ishlab chiqaruvchi Montegrappa kompaniyasining 100 yilligiga bag‘ishlab chiqarilgan ruchka sotuvga qo‘yiladi. Ruchkaning narxi million dollarga baholandi, deb xabar bermoqda Luxurylaunches nashri.

Gap Ultimate Centennial Dragon modeli haqida ketmoqda. Bu ruchkani yaratish uchun 300 gramm oltin sarflangan, yozuvchi instrument brilliantlar, yoqut va marvaridlar bilan bezalgan. Ruchka qudrat va farovonlik ramzi hisoblangan xitoy ajdarhosi shakli bilan bezalgan.

Nashrning ta'kidlashicha, agar ruchkaga ko‘rgazmada xaridor topilmasa, u Nyu-Dehlidagi The Luxury Festival doirasida sotuvga qo‘yiladi.

Centennial Dragon ruchkalar qatori 2012 yilda yaratilgan, u kompaniyaning 100 yilligiga bag‘ishlangan. Qator 100 ta ruchkadan iborat bo‘lib, undan 33 tasi pushti oltindan, 33 tasi sariq, 33 tasi oq oltindan ishlangan. Ruchkalarning yuzinchisi eksklyuziv bo‘lib, Ultimate Centennial Dragon deb nomlangan.

Montegrappa kompaniyasi yozuvchi anjomlar ishlab chiqaruvchi birinchi italyan fabrikasi bo‘lib, unga 1912 yilda Bassano-del-Grappa shahrida asos solingan.

Ko‘proq yangiliklar: