Polshada 500dan ortiq sovet davri yodgorliklari buziladi

Jahon 11:58 / 31.03.2016 1100

Polsha hukumati mamlakatdagi sovet davriga oid 500dan ortiq yodgorliklarni ko‘chirishga qaror qilgan. Bu haqda polyak OAVi xabar bergan.

Gap jamoat joylarida sobiq Sovet ittifoqiga minnatdorchilik namunasi sifatida barpo etilgan yodgorliklar haqida bormoqda. 

Xabarlarga ko‘ra, ular joylaridan ko‘chirilgach, muzeylar ixtiyoriga jo‘natiladi.

"Ammo harbiy harakatlar qurbonlari dafn etilgan joylardagi yodgorliklar bundan mustasno", deb aniqlik kiritgan Milliy xotira davlat instituti rahbari Lukash Kaminskiy.

Uning qayd etishicha, ushbu yodgorliklar Polshaning 1990 yillarda boshidan kechirgan o‘zgarishlardan qolgan sarqitlari bo‘lib, hozirgi paytda ulardan Polshaga qarshi tashviqot ishlarida foydalanilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: