Liviyadagi portda qurol-yarog‘ ortilgan 2ta kema portlab ketdi

Jahon 17:22 / 31.03.2016 1061

Liviyadagi Misurat portida 2ta yuk kemasi portlab ketdi. Bu haqda Sky News Arabia xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, kemalarda qurol-yarog‘ va portlovchi moddalar bo‘lgan.

Ayni vaqtda hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Bundan oldinroq, 24 mart kuni Milliy birlik hukumatining Tripoliga ko‘chib kelish rejalari bilan bog‘liq ravishda Liviya poytaxtida favqulodda holat joriy etilgandi.

27 mart kuni havo kengliklari yopilib, Tripoli va Misrat aeroportlariga qo‘nish taqiqlandi.

30 mart kuni Tripoli shahrida otishmalar ro‘y bergani haqida xabarlar berilgandi.

Ayni vaqtda Faiz Saraj boshchiligida shu yilning fevral oyida shakllantirilgan va 13 nafar vazir, 5 nafar davlat vaziridan iborat mazkur hukumat Tunisda bo‘lib turibdi.

Liviya poytaxtidagi jahon hamjamiyati tomonidan tan olinmagan Xalif al-Gveyl boshqarayotgan hukumat Milliy birlik hukumatining Tripoliga ko‘chib kelishiga bir necha bor qarshi chiqqandi. Al-Gveyl uning nazoratidagi mudofaa va ichki ishlar vazirligi, shuningdek, qurolli ko‘ngillilar otryadlariga xavfsizlik uchun zarur barcha choralarni ko‘rish, jumladan, patrullarni kuchaytirish yuzasidan ko‘rsatma bergan. Rasmiylar turli guruhlar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuzaga kelishining oldini olish niyatida.

Ko‘proq yangiliklar: