KXDR TIV: AQShning harakatlariga qarshi "yadroviy kuchlar" orqali javob qaytarishimiz mumkin

Jahon 18:58 / 31.03.2016 934

KXDR Tashqi ishlar vazirligi AQShning harakatlariga munosabat sifatida "yadroviy kuchlar"dan foydalanishlari mumkinligi haqida ma'lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, shimolliklar agar AQSh ularning suverentitetiga daxl qilsa, shunday yo‘l tutishadi.

"AQSh bizning oliy manfaatlarimiz va suverenitetimizga putur yetkazish uchun harakat qilsa, biz darhol yadroviy kuchlardan foydalangan holda o‘zimizni himoya qilamiz", deyilgan bayonotda.

6 yanvar kuni Shimoliy Koreya vodorod bombasining muvaffaqiyatli tajribasi haqida ma'lum qilgan, 7 yanvar kuni esa ballistik raketalarning muvaffaqiyatli sinovi haqida aytildi. Shundan so‘ng, mintaqada vaziyat qiyinlashdi.

Ko‘proq yangiliklar: