Gretsiyadagi portda suriyalik va afg‘onistonlik 500ga yaqin muhojir urushib ketishdi

Jahon 11:16 / 31.03.2016 884

Gretsiyaning Pireya portida 30 mart kuni kechasi ommaviy to‘polon sodir bo‘ldi. Mahalliy OAVda yozilishicha, Suriya va Afg‘onistondan kelgan qochqinlar o‘zaro urushib ketgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 500ga yaqin kishi qatnashgan janjal ishtirokchilari bir-birlariga tosh uloqtirishgan. Natijada sakkiz kishi jabrlangan.

Voqeaga afg‘onlarning suriyalik ayolga tashlanganlari sabab bo‘lgan.

Bir necha soat davom etgan ur-to‘polon, soat yarim tundan oshganda zo‘ravonlarni o‘rab olgan politsiya bo‘linmalari sa'y-harakatlari tufayli tinchigan.

Ko‘proq yangiliklar: