Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Suriyada Asadsiz hukumat barpo etishga chaqirdi

Jahon 23:20 / 31.03.2016 916

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Filip Xammond Suriyada amaldagi prezident Bashar Asadsiz hukumat shakllantirishga chaqirdi, deb ma'lum qilmoqda Associated Press.

«Bu Bashar Asad boshqarmaydigan hukumat bo‘lishi kerak. Hech bo‘lmasa qandaydir bir vaqtda», — dedi u.
U, shuningdek, hukumatda milliy hamjihatlik yetishmasligini ta'kidladi. Ya'ni bir qancha muxolifatchilar hukumatning kichik mansablarini egallagach, “mavjud hokimiyat tizimiga ijobiy munosabatda” bo‘lishlarini aytib o‘tdi.

Ko‘proq yangiliklar: