Britaniyalik arxitektor Zaha Hadid vafot etdi

Jamiyat 21:17 / 31.03.2016 1309

31 mart kuni Mayamida britaniyalik arxitektor Zaha Hadid olamdan o‘tdi. Uning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan. Hadid xonim 65 yoshni qarshilagan edi

The Guardian nashrining yozishicha, Hadid Mayami kasalxonasiga kuchli bronxit bilan yotqizilgandi.

Zaha Hadid Bag‘dodda tug‘ilgan bo‘lib, Londondagi Arxitektura assotsiatsiyasida tahsil olgan. U o‘zining arxitektorlik faoliyatini Rem Kolxasning OMA byurosida boshlagan. 1980 yilda o‘zining shaxsiy Zaha Hadid Architects firmasiga asos soladi.

Hadid ko‘plab poytaxt shaharlardagi binolarni loyihalashtirgan. Uning taniqli loyihalari: Kardiffdagi opera binosi (1994), Ohayo va Rimdagi zamonaviy madaniyat markazi (1988), Marseldagi (Fransiya) CMA CGM Tower minorasi (2011), Madriddagi “Puerto Amerika” mehmonxonasi (2006), Londondagi suv sporti saroyi (2011), Moskvadagi Dominion Tower biznes markazi (2015) va hokazolar.

Ko‘proq yangiliklar: