Bashar Asad: Suriyaga BMT tinchlikparvar kuchlarini kiritish imkonsiz ish

Jahon 17:58 / 31.03.2016 866

RIA «Novosti»ning xabar qilishicha, Suriya prezidenti Bashar Asad xalqaro tinchlikparvar kuchlarini Suriyaga kiritish mantiqan va umuman mumkin emas, degan fikrni ilgari surmoqda.

«Bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki, tinchlikparvar kuchlar kirishi xalqaro kelishuvlarga asosan amalga oshadi. Bunday kelishuvlar esa, davlatlar tomonidan ma'qullanishi ham talab etiladi.

Savol tug‘iladi: qaysi davlatlar tomonidan? Suriya bilan bog‘liq vaziyatda rasman yagona Suriya davlati bor. Boshqa tomonlar esa, davlat hisoblanmaydi, balki terroristik guruhlardir. Shunday ekan, BMT terroristik guruhlar bilan bitim imzolay oladimi? Bu umuman mantiqsiz!» —deb bayonot bergan Bashar Asad.

«Biz bu ishga rozi bo‘laylik ham deylik, ammo ular qanday faoliyat yuritishi bo‘yicha savol ochiq qoladi. Shuning uchun ham bunday kuchlarning kirishi imkonsiz», — deb qo‘shimcha qilgan Suriya rahbari.

Bundan avvalroq, Asad navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari o‘tkazishga tayyorligini bildirgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: