Asad Suriyada muddatidan oldin prezidentlik saylovi o‘tkazilishiga tayyorligini bildirdi

Jahon 16:49 / 31.03.2016 793

Suriyaning amaldagi prezidenti Bashar Asad muddatidan oldin prezidentlik saylovlari o‘tkazilishiga qarshi bo‘lmasligi haqida ma'lum qilgan. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatgan.

Ta'kidlanishicha, u Suriya xalqi shuni istasa bu istakka tayyor bo‘lishini aytgan.

"Bu Suriya xalqining tanloviga bog‘liq. Agar xalq mamlakatda muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini istasa, bu men uchun muammo bo‘lmaydi. Bu ozchilik muxolifat vakillariga emas, xalq irodasiga bog‘liq. Bu savol har bir suriyalikka taalluqlidir, chunki Suriyada har kim prezidentni saylash huquqiga ega", deydi Asad.

Davlat rahbari muddatidan avval prezidentlik saylovlari o‘tkazilishining talab etilishi "joriy siyosiy jarayonning bir qismi sifatida ilgari surilmagani"ni ma'lum qildi.

Ko‘proq yangiliklar: