Vladimir va Vitaliy Klichko xayriya tadbirida 3 mln dollar yig‘ishdi

Sport 14:57 / 28.03.2016 1143

25 mart, juma kuni ukrainalik bokschilar Vladimir va Vitaliy Klichko Klitschko Foundation xayriya tashkiloti bilan birgalikda an'anaviy xayriya tadbiri tashkil qildi. Bu haqda Klichkolarning kichigi o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma'lum qilgan.

Mazkur tadbir davomida 3 million dollar miqdorida pul yig‘ildi. Xayriya auksionida Arnold Shvartsenegger, Silvestr Stallone, Rojyer Federer, Robert Beyker, Aleksandr Povetkin, Andrey Shevchenko, Porsche kompaniyasi va Monako knyazi Alber II vakillari ham ishtirok etishdi.

Xabar qilinishicha, yig‘ilgan barcha pullar Klitschko Foundation xayriya fondining rivoji uchun sarflanadi.

Ko‘proq yangiliklar: