Joriy yilning 15-17 aprel kunlari O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda 30dan ortiq mamlakatlardan kelgan sportchilarning ishtirok etishi kutilmoqda.
Dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamosi hozirgi kunda mazkur musobaqaga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Erkaklar terma jamoasi Chirchiq shahridagi «Kimyogar» sport majmuasida mashg‘ulotlar olib borayotgan bo‘lsa, ayollar 23 martdan 6 aprelga qadar Toshkentdagi Osiyo dzyudo turnirida shug‘ullanishadi.
Osiyo chempionati-2016ning tantanali ochilish marosimi 15 aprel kuni 16:30da boshlanishi kutilmoqda. Musobaqalar ertalab soat 10:00da boshlanadi. Final qismi esa 17:00da.