Rossiyaning Mi-24 va Mi-35 vertolyotlari Suriyaning Xmeymim aviabazasini tark etishdi

Jahon 15:04 / 28.03.2016 1805

Rossiya harbiy-kosmik qo‘shinlariga qarashli ikkita zarba beruvchi Mi-24 va bitta Mi-35 vertolyotlari Suriyani tark etdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

Ularni An-124 «Ruslan» harbiy yuk tashuvchi samolyoti doimiy manziliga keltiradi.

Vertolyotlar bilan birga, Xmeymim aviabazasini, mazkur texnikalarga xizmat ko‘rsatgan muhandis-texnik va uchuvchilar tarkibi ham tark etgan.

Xmeymim aerodromidagi harbiy aviatsiya, aviabaza va unga yondosh hududlarni qo‘riqlash, mudofaa qilish, parvoz qilayotgan hamda qo‘nayotgan havo kemalarini kuzatish, harbiylar va yuklarni tashuvchi Mi-8 vertolyotlarini himoya qilish bilan shug‘ullangani haqida Mi-24 vertolyotlari bo‘limi boshlig‘i ma'lum qilgan.

Bundan avval, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Xmeymim va Tartusdagi harbiy bazalarni qo‘riqlash uchun rus harbiylarining bir qismi qolayotganini aytgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: