21 mart kuni Kupertinoda taqdim etilgan iPhone SE’ning narxi Apple smartfonlarining odatiy narxidan arzon, deb e'lon qilingan. Ammo hali ham bu juda qimmat! Qurilmaning 16 gigabaytli rusumi uchun rasmiy e'lon qilingan narxi 399 dollar hisoblanadi. “Olmalar” muxlislarini shu miqdordagi mablag‘ga ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘lgan boshqa platformadagi smartfon olishlari mumkinligiga ishontirish, albatta, qiyin bo‘ladi.
Bundan tashqari, iPhone SE’ning o‘zi bir qancha savollarni keltirib chiqarmoqda va biz bu maqolada unga nima yetishmayotganligini yoritib berishga harakat qildik.
1. Eski dizayn
2015 yilgacha Apple kompaniyasi 30 million dona iPhone 5S va karmonbop iPhone 5C smartfonlarini sotishga erishdi. Kompaniya bu raqamlarga murojaat etgan holda, kichikroq smartfonlar iste'molchilarga ko‘proq yoqadi, degan xulosaga kelishdi. Nihoyat kompaniya ikki yil orqaga qaytib, iPhone 5S korpusidan yana foydalangan holda yangi smartfonni bozorga chiqarmoqda. 5S’ning SE bilan tashqi ko‘rinishida umuman farq mavjud emas. Agarda siz Apple’ning “oltinchi” avlod smartfoniga o‘ta olmagan bo‘lsangiz, xavotir olmang, endi siz yana oxirgi rusumdagi smartfon sohibisiz.
Amerikalik mashhur teleboshlovchi Jimmi Kimmel tajriba o‘tkazib ko‘rdi: u ikkita bir xil iPhone 5S’ni olib, ko‘chadagi piyodalarga ulardan biri iPhone SE ekanligini aytdi. Natijada odamlar bir xil hisoblangan gadjyetlardan birida yorqinroq ekran va ko‘proq tezlikni ko‘rishgan. Nahotki bu Apple kompaniyasining marketing usullari qanday ishlashidan dalolat bermaydi?
2. Kuchsiz akkumulyator
5S korpusiga iPhone 6S (eslatib o‘tamiz, 2015 yilda eng tez ishlaydigan smartfon nomini olgan) “chiplarini” joylashtirishgani yaxshi bo‘lgan. Lekin esimizda bo‘lsa “kichik” ayfonlar kunning yarimiga borib quvvatdan qolgan. Yangi iPhone SE’ning akkumulyatoriga esa atigi 84 mA/s qo‘shilgan. Shunday qilib, yangi gadjyet egalari quvvat tez ketishidan qiynalishlari aniq.
3. USB Type-C portining yo‘qligi
Ko‘pchilik iPhone foydalanuvchilariga Lightning kabelining tez buzilish holati tanish bo‘lsa kerak. Bundan tashqari, ular arzon ham emas. iPhone 5S davrida Lightning kabelini ikki taraflama ulanish imkoniyati uchun qulay hisoblangan va shu xususiyati bilan mashhur bo‘lgan. Kompaniya esa shu tarafdan o‘zini oqlab yurgan. Ammo hozirgi kunda USB Type-C kabel turlari ommaga keng tarqalmoqda va bu turdagi kabellar ko‘proq chidamli. Shuningdek, USB Type-C turdagi kabellar har xil turdagi qurilmalar bilan foydalanish mumkin. Lekin Apple bunday qadamni amalga oshirmaydi, chunki u nazoratni yoqtiradi.
4. Keng ramkalar
Boshqa gadjyet ishlab chiqaruvchilari ingichka ramkali va hattoki egik displeyli smartfonlarni taqdim etayotgan bir paytda, Apple’ning barcha smartfonlari ekranlari chetidagi kengroq “joylar” bilan ko‘z-ko‘z qilmoqda. Va yangi qurilma bundan istisno emas.
5. Xotira kartalaridan foydalanib bo‘lmaydi
Apple’ga xos bo‘lgan usul davom etib, yangi qurilmada xotira imkoniyatlarini kengaytirish mumkin emas. Bu avlod gadjyeti ham 32 va 128 gigabaytli rusumni qo‘lga kiritmadi. 64 gigabaytli iPhone SE’ning narxi esa (499 dollar) juda qimmat! 4K-video tavsirga tushiruvchi 16 gigabayt xotiraga smartfonni sotib olishning hojati yo‘q.
6. Qurilmadan disk sifatida foydalanib bo‘lmaydi
Apple smartfonlarini kompyuterga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, Android-qurilmalar kabi flesh xotira sifatida ishlatib bo‘lmaydi. iTunes dasturidan foydalanishingiz mumkin, ammo faqatgina media-fayllar bilan ishlay olasiz. iOS operatsion tizimida fayllar tizimi yopiq hisoblanadi.
7. Ikki SIM kartadan foydalanib bo‘lmaydi
Ikki SIM kartadan foydalanish anchadan beri boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilar uchun majburiy qismga aylanib qolgan. Ammo bu holat Apple uchun emas: butun bir iPhone’ga faqatgina bitta nano-SIM formatidagi kartani o‘rnatish mumkin.
8. NFC’ning chegaralangan imkoniyatlari
Yangi gadjyetda NFC moduli o‘rnatilgan, ammo uni faqatgina Apple Pay bilan foydalanish mumkin. Bundan tashqari, xizmat barcha mamlakatlarda mavjud emas. Android-qurilmalarda esa bunday texnologiyadan keng ko‘lamda foydalanilmoqda.
9. 3D Touch yo‘qligi
Bu yangi texnologiya Apple’ning faqatgina flagman smartfonlariga taalluqli. Hozirgi kunda bosish kuchini aniqlaydigan ekran faqatgina iPhone 6s va iPhone 6s Plus’larda mavjud.
10. Stereoovozning yo‘qligi
Boshqa platformadagi smartfonlar anchadan beri stereodinamiklardan foydalanib kelishmoqda. Ammo ayfonning oldingi avlodlari kabi SE ham monodinamikni qo‘lga qiritdi.
11. Suv va changdan himoya tizimi mavjud emas
Yangi avlod ayfoni Apple’ning avvalgi smartfonlari kabi hech qanday suv va changdan himoya tizimiga ega emas. Agarda ayfoningizni suvga tushirib yuborsangiz yangisini sotib olishga tayyor turing.
12. Simsiz quvvat olish imkoniyati yo‘q
Elektr quvvatini “havo orqali” yuborish Wi-Fi kabi oddiy turmush tarziga aylanmoqda, ammo iPhone quvvat olishni eski usulini yangi qurilmada yana taklif etdi.
13. Raqam teruvchi va aloqalar kitobi dasturlarini o‘rnatib bo‘lmaslik
Raqamteruvchi va aloqalar kitobi dasturlarini faqatgina Apple dasturchilari o‘ylab chiqqandek foydalanishga majbur bo‘lasiz. Chunki boshqa mobil dasturlarni o‘rnatishning imkoniyati mavjud emas.
14. Optik stabilizatsiya o‘rnatilmagan
iPhone 6S kamerasi optik stabilizatsiyaning o‘rniga raqamlisini qo‘lga kiritgan. Amalga oshirilgan testlar shuni ko‘rsatadiki, optik raqamli stabilizatsiyadan ancha samaraliroq hisoblanadi. Yangi qurilma iPhone 6S’ning xususiyatlarini olgani uchun u ham optik stabilizatsiyaga ega bo‘lmagan.
15. Retina displeyi HD rusumida emas
Yangilikning ekraniga ham savollar bor. Ekran diagonalining kichikligi hisobiga yangi ayfon displeyining piksellar zichligi 6S’niki (326 ppi) kabi tashkil etadi, ammo ko‘rish qirralari umuman 2016 yil flagmaniga to‘g‘ri kelmaydi. Hattoki oltinchi avlod ekranlarida ko‘rish qirralari yaxshiroq hisoblanadi. Yangi ayfon esa 5S kabi 1136x650 o‘lchamli Retina displeyi bilan qurollangan.
16. Touch ID eski rusumda
SE’da barmoq izi skanerining birinchi avlodi o‘rnatilgan bo‘lib, 6S va 6S Plusga esa ularning tezroq ishlaydigan ikkinchi avlodi joylashtirilgan. Agar solishtiradigan bo‘lsak, hozirgi kundagi hamyonbop boshqa platformadagi smartfonlarining barmoq izi skanerlari SE’nikidan tezroq ishlaydi.
Bunday kamchiliklarni ko‘rib, yangi iPhone yil gadjyeti ekanligiga shubha qilasiz. Kompaniya esa uni “arzon flagman” sifatida bozorga chiqarmoqda. Shuningdek, ular iPhone 5S’ning egizagini iPhone 6 narxida sotishni rejalashtirishgan.