BAAda inson tanasi suyagi qoldiqlari, 7500 yillik uy va tosh asriga tegishli qishloq topildi

Jahon 15:23 / 28.03.2016 2591

Maravah orollarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar Tosh asri davrida Abu Dabining g‘arbiy mintaqasidagi hayot tarziga nazar tashlash imkonini beradi.

2012 yildan beri Abu Dabi sayyohlik va madaniyat boshqarmasi tomonidan olib borilayotgan arxeologik izlanishlar oroldagi Kech tosh asri tarixiy davriga (taxminan 7500 yil ilgarigi) mansub bo‘lgan 20dan ziyod shaharlarni kashf etdi, shuningdek, qator qazilma ishlari natijasida Maravah orolining g‘arbiy qismida 2ta Tosh asri qishlog‘ini topishga muvaffaq bo‘lindi.

Shaharlardan 200dan ortiq MR1 and MR11 nomini olgan kremniy nayza o‘qlari topildi.

Abu Dabi tarixiy tadqiqotlar boshqarmasi rahbari Muhammad Amir al-Nayodiyning aytishicha, Maravax orolida olib borilgan so‘nggi izlanishlar kutilganidan ortiq natija berdi.

"Yana bir eng muhim kashfiyotlardan biri bu inson tanasi suyaklari qoldiqlaridir. Bu suyak qoldiqlari vayron bo‘lgan uylar ostidan topildi", -deydi tadqiqotchi.

Maravah oroli Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu Dabining g‘arbiy qismidan 100 kilometr masofada joydashgan.

Ko‘proq yangiliklar: