Angliyada yetti yoshli qizaloq batutda sakrash vaqtida halok bo‘ldi

Jamiyat 14:30 / 28.03.2016 1335

Angliyaning janubi-sharqidagi Norvikdan bo‘lgan Sammer Grant havo to‘ldirilgan batutning to‘satdan yorilib ketishi oqibatida dunyodan ko‘z yumdi.

Qizaloq o‘z oilasi bilan Pasxa Shanbasi (yahudiylarda: ko‘klamda o‘tkaziladigan diniy bayram hamda xristianlarda: afsonaviy Isoning tirilish xotirasiga bag‘ishlangan diniy bayram)ni nishonlash uchun Esseksdagi Harlou shahri istirohat bog‘iga kelib batutda o‘ynab yurgan paytida ulkan batut yorilib ketib, ko‘plab jarohat yetishi oqibatida nobud bo‘ldi.

Qizchaning halokatiga olib kelgan o‘ta beparvolikka yo‘l qo‘yganlikda ayblanib, hibsga olingan kembrijshirlik 27 yoshli erkak va 24 yoshli ayol garov evaziga qo‘yib yuborildi. Tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Voqea mahalliy aholini chuqur qayg‘uga botirdi. Fojianing ertasi kuni odamlar qizaloqning xotirasi uchun Harlou Taun Parkining kirish qismini o‘yinchoqlar va gullar bilan to‘ldirishdi.

Pasxa Yakshanbasi kuni yarmarka yopildi, biroq qat'iyatli odamlar oqimi boqqa tashrif buyurib, “Olloh chiroyli qizaloqni farishtalikka oldi” deya qaydlar qoldirishdi.

“Batutni yorib yuborgan shamol to‘satdan keldi, agar u astalik bilan esa boshlaganda ma'muriyat havo bilan to‘ldiriladigan barcha moslamalarni yig‘ishtirib qo‘ygan bo‘lar edi”, - deb fikr bildirdi Buyuk Britaniya shoumenlar gildiyasi vakili Rey Smit.

Politsiya voqeaga guvoh bo‘lgan odamlarni tergov ishlarida yordam sifatida ko‘rsatma berishga chaqirdi.

“Mitti qizaloqning halok bo‘lishi - o‘ta fojiali hodisa. Men uning oila a'zolariga chuqur hamdardligimni izhor qilaman”, - dedi politsiya izquvari Daniel Staten Essex Chronicle nashri bilan suhbatda.

Ko‘proq yangiliklar: