«'»: Shveytsariya prokuraturasi Rossiya prokurori o‘g‘li ishi bo‘yicha noqonuniy harakat topa olmadi

Jamiyat 15:52 / 28.03.2016 1574

Shveytsariya prokuraturasining Rossiya bosh prokurori Yuriy Chaykaning o‘g‘li Artyomning ustidan olib borgan tekshiruv jarayoni nihoyasiga yetdi. Tekshiruv Korrupsiyaga qarshi kurashish fondining rahbari Aleksey Navalniyning arizasiga ko‘ra amalga oshirilgan. 

«Kommersant'» nashrining ma'lum qilishicha, Artyom Chayka Shveytsariyada yashash joyiga ega, ammo uning jinoyat sodir etgani to‘g‘risida hech qanday dalil-isbotlar yo‘q. Tekshiruv 4 mart kunida tugallangani, undan keyin Bosh prokuror idorasi Korrupsiyaga qarshi kurash fondi va Artyom Chaykaga chiqarilgan qat'iy qaror haqida xabar jo‘natgani ta'kidlandi.

Advokat Ruslan Shumakovning ma'lum qilishicha, Korrupsiyaga qarshi kurash fondining arizasidan so‘ng Artyom Chayka o‘zi Gretsiyaga xat bilan murojaat qilib, bu mamlakatda amalga oshirayotgan ishlari qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatni qo‘lga kiritdi. Bu o‘rinda Chaykaning Xalkidiki yarimorolidagi Portes Palace mehmonxonasi, shu bilan birga Pomegranate Wellness Spa mehmonxonasining qurilishi nazarda tutilgan.

KKFda bu ishlarni amalga oshirish uchun noqonuniy vositalar kuchga kirgan bo‘lishi mumkinligini aytishgan. Chayka Piraeus Bank`dan kelishuvlar hisobini so‘rab murojaat qildi. Unga javoban esa bank arizada ko‘rsatilgan operatsiyalarni amalga oshirishda qonun doirasidan chetga chiqmagan holda harakat qilinganini ma'lum qildi.

Aleksey Navalniyning Korrupsiyaga qarshi kurashish fondi Rossiya bosh prokuraturasi boshlig‘i Yuriy Chaykaga doir ishni Yevropa inson huquqlari sudi orqali ko‘rib chiqishni rejalashtirgan edi. Fondning olib borgan tadqiqotiga ko‘ra, Chaykaning yaqinlari, shu jumladan uning ikki o‘g‘li ham ko‘plab jinoiy tizimlarga aloqador deb hisoblangan. Chayka esa o‘z o‘rnida bu tadqiqotni "tuhmat" ekanligini aytdi.

Ko‘proq yangiliklar: