Suriya qurolli kuchlari qo‘mondonligi Palmiraning ozod etilganini tasdiqladi

Jahon 16:32 / 27.03.2016 1118

Suriya qurolli kuchlari qo‘mondonligi vakili Palmira shahrining IShID qo‘li ostidan Rossiya HHK ko‘magida ozod etilgani haqida rasman ma'lum qildi. Bu haqda SANA agentligi xabar tarqatgan.

Aniqlik kiritilishicha, Suriya hukumati armiyasi Rossiya samolyotlarining samolyotdan IShID ustiga berilgan zarbalar ortidan muvaffaqiyatli yurishlarni amalga oshirgan.

Rossiya samolyotlari shahar egallanganidan keyin shahar atrofidagi jangarilar qoldiqlari va hududdan qochib ketayotgan jangarilar to‘dalari ustidan uchib, ularni bombalashda davom etgan.

Suriya qurolli kuchlari qo‘mondonligidagi manbaning so‘zlariga ko‘ra, bu aviazarbalar oqibatida IShIDning o‘nlab texnikalari va o‘nlab jangarilari yo‘q qilingan.

«Terrorchilarning qolgan guruhlari As-Suhna vohasiga qarab sharqqa chekinmoqda. Qo‘shinlar dushmanni ta'qib etmoqda va ularga talafot yetkazmoqda», — deya ta'kidlaydi manba.

Bundan oldinroq, Suriya armiyasi va ko‘ngillilar otryadlari Palmira shahrini IShID qo‘lidan butunlay ozod qilgani haqida xabar berilgandi.

Keyinroq, sapyorlar shaharni minalardan tozalash ishlarini boshlagan.

Ko‘proq yangiliklar: