Shahzoda Uilyamning o‘g‘lini otasi o‘qigan maktabga o‘qishga berishmoqchi

Jahon 19:54 / 27.03.2016 1719

Shahzoda Uilyamning o‘g‘li Jorj uning otasi va amakisi Harri o‘qigan tayyorlov maktabiga o‘qishga berishmoqchi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Jorjning ota-onasi uni 5-8 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan boshlang‘ich maktabga tayyorlov mashg‘ulotlariga berishni mo‘ljallashmoqda.

Shu munosabat bilan qirollik oilasi Norfolk grafligidagi Anmer-Holldagi uylarini tark etib, maktabdan yarim mil uzoqlikda joylashgan Kensington saroyiga doimiy yashash uchun ko‘chib o‘tishmoqchi.

Ta'kidlanishicha, 2014 yilda Keyt Middlton Kensington saroyida ta'mirlash ishlarini amalga oshirgandi. Nashrning yozishicha, ehtimol bu ko‘chib o‘tish maqsadida qilingan bo‘lishi mumkin.

Agar kichkina shahzoda Jorj maktab o‘qishga kirsa, unda keyingi yildan o‘qishni boshlaydi.

Bolakay bu maktabda 2 yil o‘qiydi, bu qirollik oilasiga 6,5 ming funt sterlingga aylanadi.

Ko‘proq yangiliklar: