«Barselona» jamoasining urugvaylik hujumchisi Luis Suares o‘zi va jamoadoshi, braziliyalik futbolchi Neymar o‘rtasida Urugvay hamda Braziliya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs natijasiga tikilgan gamburger haqida eslatdi.
25 mart oqshomida 2018 yilgi JCh saralashi doirasida o‘tkazilgan o‘yin 2:2 hisobida yakunlangan. O‘yindan oldin kataloniyaliklar klubida to‘p suruvchi bu ikki futbolchi kimning terma jamoasi mag‘lubiyatga uchrasa, u gamburger olib berishi bo‘yicha bahslashishgandi.
«O‘yinda hech qaysi tomon g‘alaba qilmadi, hech kim mag‘lub ham bo‘lmadi. Biz Ney ikkimiz bitta gamburger uchun birgalikda pul to‘ladik va uni bo‘lishib yedik.
Meni qo‘llab-quvvatlashganidan xursandman, axir ancha vaqtdan buyon terma jamoada o‘ynamagandim.
Biz Braziliya bilan o‘yinda ochko qo‘lga kiritdik, bu ochko muhim bo‘lib chiqishi mumkin», – deydi Suares.
Luis Suares Neymar bilan Braziliya-Urugvay uchrashuvining natijasi borasida bahs boyladi