Devid Simen: «Vengerni ketkazish kerak deysizmi? «MYu» Fergyuson ketgach, ne ahvolga tushgani saboq bo‘lmadimi?»

Sport 17:40 / 27.03.2016 1643

«Arsenal» jamoasining sobiq darvozaboni Devid Simen o‘zining ustozi Arsen Vengerni londonliklar jamoasi bosh murabbiyligi lavozimidan haydash tashabbusi bilan chiqayotganlarga javob qaytardi.

«Arsenal» jamoasi manziliga yo‘llanayotgan salbiy fikrlardan toqatim toq bo‘ldi. Murabbiyni almashtirish kerakmi? Menga bunday demang. Men Arsenning eng katta muxlisiman.

Keling, vaziyatga mavsum yakunlangach, baho beraylik. Avval qaysi ish xato bajarilganini aniqlash kerak, so‘ng shunga yarasha chora ko‘rish kerak.

Menimcha, Arsen o‘z ishini a'lo darajada uddalashda davom etmoqda. Men u bilan 7-8 yil davomida ishlaganman va bu o‘ta zo‘r davrlar edi. Men hamisha Arsen tarafman va hech qachon uni himoya qilishdan chekinmayman.

«MYu»ning ahvoliga qaranglar. Jamoa bilan nimalar sodir bo‘ldi. Ular o‘zlarining buyuk murabbiylari Aleks Fergyusonni yo‘qotishgandan keyin qay darajaga tushishdi. Albatta, qo‘shningning hovlisidagi o‘tlar yam-yashil bo‘lib o‘sayotgandek ko‘rinaveradi.

Arsenda «Arsenal» bilan ko‘rsatilgan a'lo natijalar bor, lekin u hozir bosim ostida qolmoqda. Agar jamoa ligada g‘olib chiqmasa, bosim ortaveradi», – deydi Simen.

APL mavsumining tugashiga yetti tur qolganda «Arsenal» peshqadam «Lester»dan 11 ochko ortda qolib, uchinchi o‘rinda bormoqda.

Venger agar muxlislarning noroziligi davom etsa, «Arsenal» bosh murabbiyligidan ketadi

Ko‘proq yangiliklar: