Suriya Rossiyaga meva va sabzavotlar yuborishni boshladi

Jahon 10:01 / 22.03.2016 1530

Yanvar oyidan boshlab Turkiya Rossiyaga o‘zining meva va sabzavotlarini jo‘natishni to‘xtatgach, bugunga kelib Suriya tomoni Rossiyaga meva va sabzavotlar yuborishni boshladi. Ikki tomon ham shunga muvofiq muzokaralar olib bormoqda, deb xabar beradi "Kommersant'".

Gazetaning ma'lum qilishicha, import qiluvchilar “Adig-Yurak” kompaniyasi sifatida ro‘yxatdan o‘tishgan. Kompaniya bosh direktori Aslan Paneshning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan haftada Novorossiysk portiga Suriyadan katta partiyada meva va sabzavot mahsulotlari: apelsin, limon, greypfrut, tomat va karamlar keltirilgan. Yukning umumiy og‘irligi 3 ming tonnani tashkil etgan.

“Bizning rejamizda import miqdorini haftasiga 5 ming tonnaga yetkazish bor”, — dedi “Adig Yurak” kompaniyasi bosh direktori Aslan Panesh.

Ko‘proq yangiliklar: