Meksikada Zika virusi bilan kasallanganlar soni 160 nafarga yetdi

Jahon 11:10 / 22.03.2016 766

Meksikada Zika virusiga chalinganlar soni 160 nafarga yetdi. Bu holat ayniqsa Meksikaning janubiy mintaqalarida kuzatilmokda. Chyapas shtatida bemorlar soni 82 nafar, qo‘shni Oaxakada esa 59 nafarni tashkil etmokda. Bu haqida Lotin Amerikasi sog‘liqni saqlash vazirligi epidemiologiya bosh boshqarmasi xabar berdi.

Bemorlarning umumiy ahvoli muqobil baholanmokda. Yaqin kunlargacha Zika insoniyat uchun u qadar xavfli hisoblanmas edi. Shunday bo‘lsa-da, 2015 yilning noyabrida Braziliya sog‘liqni saqlash vazirligi ayollar homiladorligi vaqtida shu virus bilan kasallansa, tug‘ilajak bolada tug‘ma nuqson - mikrotsefaliyani keltirib chiqarishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu esa o‘z o‘rnida bolaning aqliy jihatdan noqobil bo‘lishiga, eshitish va ko‘rish qobiliyatlarining pasayishiga olib keladi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 1 fevralda Janubiy va Shimoliy Amerikada Zika virusining avj olganini xalqaro miqyosdagi tibbiy vaziyat deb tan oldi.

Ko‘proq yangiliklar: