Gvardiola «Manchester Siti»ga Tiago Alkantarani taklif qilmoqchi

Sport 12:29 / 22.03.2016 1324

«Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘zi yozda boshqarishga kirishadigan «Manchester Siti» jamoasi safiga hozirgi jamoasidagi shogirdlaridan biri Tiago Alkantarani taklif etmoqchi.

Gvardiola birinchi navbatda yangi jamoasining markaziy hududini mustahkamlashni maqsad qilgan.

Bu yosh futbolchi «Siti»da Yaya Turening munosib o‘rinbosari bo‘lishi kutilmoqda. Xabarda aytilishicha, agar bu transfer amalga oshsa, Alkantara murabbiyning ortidan Myunxendan Manchesterga ko‘chib o‘tadigan yagona futbolchi bo‘ladi.

Alkanatara 2013 yilda 15 million funt evaziga «Bavariya»ga o‘tgandi. O‘tgan yozda yarim himoyachi klub bilan shartnomasini 2019 yilga qadar uzaytirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: