Farhod va Shirin dueti ishtirokchilari doimo birga ekanliklarini qayd etishdi. Ular nafaqat ovoz yozish studiyasida, balki salon, sportzalda ham birga bo‘lishlarini aytishdi. Bu haqda “Darakchi” nashri xabar berdi.
Farhod: “Biz Shirin bilan bir-birimizga juda bog‘langanmiz. Ammo muhabbat aka-singil va do‘stlar o‘rtasida ham bo‘lishi mumkin-ku! Biz u bilan qarindoshlardekmiz. Shu bilan birga Shirin bilan ko‘nglimiz yaqin”.
Shirin: “Yevropa shou-biznesidagi mashhur duetlarga qarang: ularning har birining o‘z shaxsiy hayoti bor. Biroq bu ularning birga ijod qilishiga to‘sqinlik qilmaydi. Aksariyat muxlislarning fikricha, biz Farhod bilan sahnada Navoiyning asaridagi sevishganlarga o‘xshaymiz. Axir biz sahnada artistlarmiz. Mening Farhodga bo‘lgan muhabbatim do‘stga, akaga nisbatan bo‘ladigan muhabbatdir”.
Bu juftlik asarlardagi oshiqlar – Farhod va Shirin kabi chindan ham sevishganlarmi yoki ularni o‘zlari qayd etkandek, shunchaki aka-singil o‘rtasida bo‘lgandek iliq munosabatlar bog‘laydimi, buni vaqt ko‘rsatadi.