Toshkentdagi boks kechasida Jasurbek Latipov Sajad Muhammadpurni yutdi

Sport 08:26 / 20.03.2016 1241

Toshkentda 19 mart kechki payt boks kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda Jahon boks seriyasi (WSB) va APB (AIBA Pro Boxing) musobaqasi 2-davra janglari bo‘lib o‘tdi. Kechaning oxirgi jangida o‘zbekistonlik bokschi Jasurbek Latipov eronlik Sajad Muhammadpur bidan ringga tushdi.

Jang eronlik bokschining “tushunarsiz” harakatlari sababli juda “irkit” o‘tdi. Jasurbek jangga tuzilgan rejani aniq bajardi, u masofadan turib hujumlar uyushtirdi, ikkinchi raqamli bokschi sifatida jang qilib, raqibni qarshi zarbalarda ushladi. Eronlik bokschining rejasi qanday bo‘lganini umuman tushunib bo‘lmadi: Sajad raqibini bo‘ynidan bo‘g‘ib olib, ring bo‘ylab sudrab yurdi, boshi bilan oldinga bordi va  g‘alati tarzda “raqs tushib turdi”. Shubhasiz, eronlik bunday “irkit” qiliqlari bilan g‘olib bo‘lishga munosib emasdi, shuning uchun g‘alabani O‘zbekistonlik bokschi qo‘lga kiritdi.

Jasurbek hakamlarning bir ovozlik qarori bilan 78:74, 79:73, 80:72 hisobida g‘alaba qozondi.

Ko‘proq yangiliklar: