Hanson Robotics asoschisi Devid Xenson Sofiya ismli odamsimon robotni taqdim etdi. Uni yaratishda Xenson aktrisa Odri Xyopbern va o‘zining rafiqasi obrazlaridan foydalandi. Ilk marotaba robot 2015 yilning aprel oyida faollashtirildi.
Sofiya 62 tadan ziyod yuz ifodalarini ko‘rsata oladi. Uning ko‘zlari ichida kameralar bo‘lib, insonlar bilan “ko‘z bilan aloqa”ni ta'minlab beradi. Sofiyadan “kelajakda nima bilan shug‘ullanmoqchisan?” degan savolga, u o‘qish, san'at bilan mashg‘ul bo‘lish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, uy olish va hattoki oila qurishni rejalashtirganini aytadi.
Undan kelajakda odamlarni yo‘q qilish rejasi borligi so‘ralganda, Sofiyaning bu savolga tasdiq javobini bergani video taqdimotga mashhurlik keltirdi.
Xenson insonlarga o‘xshaydigan anroidni yaratishdan asosiy maqsadi, ular kelajakda sog‘liqni saqlash, ta'lim va xizmat sohalarida yaqindan yordam berishidadir, deya aytadi.