Rossiyadagi 2018 yilgi jahon chempionatiga vizasiz kelish bekor qilinishi mumkin

Sport 00:00 / 20.03.2016 1148

Rossiya Federatsiya kengashining futbol bo‘yicha 2018 yilgi Jahon chempionatiga tayyorlanish va uni o‘tkazish masalalari bo‘yicha vaqtinchalik komissiyasi raisi Vadim Tyulpanov Rossiyaga chempionat uchrashuvlariga chiptalar bo‘lganda vizasiz kirish tartibi bekor qilinishi mumkin.

“Yaqinda Davlat dumasi chempionatni o‘tkazish borasida o‘zgarishlarni ko‘rib chiqadi. Birinchidan, o‘zgarishlar musobaqa mehmonlari va ishtirokchilariga tibbiy xizmat ko‘rsatishga taalluqli bo‘ladi. Ikkinchidan, qonun jahon chempionatiga chipta bo‘lganda
Rossiyaga vizasiz kirishga ruxsat bergandi. Biroq viza kiritishga qaror qilindi.

Hozirda dunyoda terrorchilik tahdidi oshmoqda, chempionatni noxush holatlarsiz o‘tkazishni istaymiz. Ayniqsa chempionat 11ta shaharda o‘tishini inobatga olsak. Qonunga tuzatishlar Rossiyadagi jahon chempionatiga keluvchilarga vizaning zarurligini ko‘zda tutadi. Muxlislar uchun vizalar soddalashtirilgan hujjatlar bo‘yicha 3 kun ichida qilib beriladi”, deb aytdi Tyulpanov.

“Qozonda bo‘lib o‘tgan avvalgi tadbirlar tajribasining ko‘rsatishicha, bo‘shashmaslik va hech narsani ko‘zdan qochirmaslik kerak. Dunyoda har kuni vaziyat o‘zgarmoqda, xavfsizlikka talablar o‘zgarmoqda, shuning uchun bu yerga muntazam kelayotgan FIFA komissiyalari bilan hamkorlik qilamiz”, deb, Tyulpanov aytgan so‘zlarga qo‘shilmoqda Tatariston davlat kengashining iqtisodiyot, investitsiya va tadbirkorlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi Rafis Burganov.

Ko‘proq yangiliklar: