Istanbul markazida 19 martda amalga oshirilgan teraktda 3 nafar isroillik va bir eronlik halok bo‘ldi. Bu haqda Haberturk telekanali ma'lum qildi.
Hukumat vakillari hozircha halok bo‘lganlar haqida rasmiy ma'lumotlar keltirgani yo‘q, biroq teraktda 5 kishi halok bo‘lgani ma'lum. Ma'lum qilinishicha, terakt oqibatida jarohat olgan 36 kishi orasida 12 nafari xorijlik. Ulardan 6 nafari isroillik, 2 nafari irlandiyalik va bir nafardan Germaniya, Islandiya, Dubay va Eron fuqarolari.
Telekanal, shuningdek, tergov terrorchi-xudkushning shaxsini aniqlaganini ma'lum qildi. U M.O. ismli, G‘aziantep viloyatida yashovchi kimsa bo‘lib chiqdi. Portlashga qandaydir terrorchilik guruhi aloqasi borligi haqida ma'lumot kelib tushmagan.
Portlash Istanbul markazidagi Istiqlol piyodalar ko‘chasida politsiya bo‘limi va savdo markazi yonida sodir etilgan. Bu yerda odatda ko‘plab mahalliy aholi va sayyohlar to‘planadilar. Biroq portlash amalga oshirilgan vaqt – soat 11:00 da bu yerda odam ko‘p bo‘lmagan. Terrorchi jarohat yetkazuvchi elementlari bo‘lgan bombadan foydalangan.