Arxeologlar Xitoyda fanga ma'lum bo‘lgan eng qadim to‘g‘onlarni aniqlashdi. Ular Qadimgi Misrdagi dambadan 0,7-1,1 ming yil oldin — bundan 4,7-5,1 ming yil oldin qurilgan. Chjetszyan arxeologik instituti olimlarining ushbu tadqiqotini China Daily ma'lum qilgan.
Ushbu to‘g‘onlar haqida ilk bor 1990 yilda ma'lum bo‘lgan edi. Ularni tadqiq qilish ishlari 2015 yilning iyunidan boshlanib, 2016 yilning yanvar oyiga qadar davom etdi. Bu davrga qadar arxeologlar 100 kv. km maydonda 11 dambani qazib o‘rganishdi.
Saqlanib qolgan to‘g‘onlarning uzunligi 6,5 km. ga cho‘zilgan. To‘g‘onlar Yantszi daryosi qirg‘oqlaridan topilgan. Ammo olimlar ularni Qadimgi Xitoy aholisi nima maqsadda bunyod etganini aniq aytib bera olishmadi. Ularning taxminicha, qadimgi odamlar ularni suv toshqinidan himoyalanish uchun qurishgan bo‘lishi mumkin.