BAAning FlyDubai aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 layneri qo‘nish uchun birinchi urinish muvaffaqiyatsiz chiqqach, yana 2 soatdan ortiq vaqt davomida havoda bo‘lgan va qo‘nishga uringan.
Flightradar24 manbasi xabariga ko‘ra, samolyot aeroport atrofida 10 martaga yaqin aylanishni amalga oshirgan. Saytda samolyot halokatga uchrashidan oldin hududda kuzatilgan havo sharoiti ham keltirilgan.
Samolyot Dubaydan Moskva vaqti bilan soat 19:35da havoga ko‘tarilgan va soat 23:41da Rostov-Dondagi aeroportga qo‘nishi kerak bo‘lgan. Samolyot qo‘nish uchun birinchi urinish chog‘ida yerga 500 m yaqinlashgach, birdan havoga ko‘tarilgan.
Moskva vaqti bilan soat 01:40da uchuvchilar ikkinchi urinishni amalga oshirishga kirishishgan. Bu urinish ham muvaffaqiyatsiz chiqqach, samolyot yuqoriga ko‘tarila boshlagan. U 1200 m balandlikka chiqqach, birdan pastga qulagan. Bu vaqtda soat Moskva vaqti bilan 03:40 edi.
Uchuvchi ingliz tilida dispetcherlarga "Qo‘nish uchun ikkinchi urinishni boshlayapmiz", deya xabar qilgan.
We are following UNCONFIRMED reports FlyDubai #FZ981 has crashed in Rostov-on-Don. https://t.co/i2bpUtP8nD pic.twitter.com/UnIeBhzham
— Flightradar24 (@flightradar24) 19 marta 2016 g.
Bundan oldinroq, Rossiya Tergov qo‘mitasi Rostov-Donda Boeing qulashi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgani haqida xabar qilingandi.
Qayd etilishicha, Dubaydan Rostov-Dongacha masofa 3 soatu 56 daqiqada bosib o‘tilgan. Qulagan samolyot jami 6 soatu 5 daqiqa osmonda bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 19 mart, shanba kuni FlyDubai aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 layneri Rossiyaning Rostov-Don shahri aeroportiga qo‘nish vaqtida halokatga uchradi. Hodisa oqibatida samolyot bortida bo‘lgan barcha yo‘lovchilar (55 kishi) va ekipaj a'zolari (7 kishi) halok bo‘lgan.
#FZ981 performed a missed approach at ~22:43UTC then held for ~2hrs before attempting to land again ~00:41UTC pic.twitter.com/tzDwAfKfNc
— Flightradar24 (@flightradar24) 19 marta 2016 g.