Rossiya transport vazirligi Rostovda halokatga uchragan FlyDubai aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 layneri Buyuk Britaniya kompaniyasi tomonidan 500 mln dollarga sug‘urta qilingan. Bu haqda Rossiya Transport vaziri Maksim Sokolovga asoslangan holda TASS agentligi xabar tarqatgan.
Uning aytishicha, bu mablag‘ halokat qurbonlarining yaqinlariga to‘lanadigan tovon uchun yetarli hisoblanadi. Vazirlikda qayd etilishicha, ushbu fojia tufayli halok bo‘lgan rossiyalik yo‘lovchilarning har biri uchun 1 mln rubl miqdorida kompensatsiya beriladi.
Eslatib o‘tamiz, 19 mart, shanba kuni FlyDubai aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 layneri Rossiyaning Rostov-Don shahri aeroportiga qo‘nish vaqtida halokatga uchradi. Hodisa oqibatida samolyot bortida bo‘lgan barcha yo‘lovchilar (55 kishi) va ekipaj a'zolari (7 kishi) halok bo‘lgan.
Bundan oldinroq, 1969 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Larisa Allen Rostovda yuz bergan aviahalokat natijasida nobud bo‘lgani haqida ma'lum qilingandi. Uning o‘limi munosabati bilan Rossiya TIV hamdardlik birdirgan.
Rostovda halokatga uchragan samolyotda bo‘lganlarning to‘liq ro‘yxati e'lon qilindi