O‘zbekistonda plastik kartalar bilan operatsiyalar amalga oshirish imkoniyatlari yanada kengaytiriladi.
"O‘zbekistonda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (pensiyalar, nafaqalar, mukofotlar)ni naqdsiz ko‘rinishda berishga o‘tishni davom ettirish hisobidan, aholining bank plastik kartalaridan foydalanishini yanada kengaytirish rejalashtirilmoqda", deyiladi UzDaily xabarida.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Vazirlar Mahkamasi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan loyiha joylashtirilgan.
Hujjatga ko‘ra, plastik karta egalarini o‘z ish haqi va boshqa to‘lovlarini kartaga o‘tkazishga rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish belgilangan.
Nazorat-kassa mashinalari cheklari egalari o‘rtasida sovrinli o‘yinlar o‘tkazish hamda tijorat banklari tomonidan sovrinlar topshirish shunday choralardan biri bo‘lishi mumkin.
Nazorat kassa mashinalari (NKM) terminallar bilan integratsiyalanadi.
Chakana savdo nuqtalari faqat shunday tipdagi kassa apparatlar olishi kerak bo‘ladi.