Moskva va Sankt-Peterburgda «Yer Soati» aksiyasi 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadi

Jahon 20:29 / 19.03.2016 1299

Rossiya Atrof-muhit vazirligi vakili Nikolay Gudkovning ma'lum qilishicha, xalqaro miqyosdagi «Yer Soati» aksiyasi Qizil maydonda Rostovda halokatga uchragan Boeing 737-800 qurbonlari xotirasiga 1 daqiqa sukut saqlash orqali boshlanadi.

"Barcha ko‘ngilochar marosimlar bekor qilingan. Aktsiya Rostov fojiasida halok bo‘lganlar xotirasiga bir daqiqa sukut saqlash bilan boshlanadi. Unda vazir Sergey Donskoy ishtirok etadi", degan Gudkov.

Rossiya tabiatni asrash fondi (WWF) matbuot xizmati kotibi Lyudmila Lyagushkina bunday tadbirlar Rossiyaning butun hududi bo‘ylab o‘tkazilishi rejalashtirilganini ma'lum qilgan.

«Yer Soati» aksiyasi – sayyoraning kelajagiga befarq emaslikning dalili sifatida chiroqlar va elektr qurilmalarni bir soatga o‘chirishga undovchi xalqaro aksiya. Bu paytda eng mashhur binolar va yodgorliklarning ham yoritgichlari o‘chiriladi.

2016 yilda «Yer Soati» aksiyasi 19 mart kuni soat 20:30dan 21:30gacha bo‘lib o‘tadi va unda ishtirok etish ko‘ngilli bo‘ladi.

«Yer Soati» aksiyasidan maqsad elektr quvvatini tejash emas, balki tabiatga g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lishning ifodasidir. Yildan-yilga ushbu tadbir tabiatga mas'uliyat bilan munosabatda bo‘lish zaruratiga e'tibor jalb etish imkonini oshirmoqda.

19 mart kuni butun yer yuzida «Yer Soati» aksiyasi o‘tkaziladi

Ko‘proq yangiliklar: