Malayziyada davlat g‘aznasidan 25 mln dollar mablag‘ o‘g‘irlagan jinoiy guruh aniqlandi, deb xabar bermoqda malayziyalik tergovchilar.
Politsiya tomonidan o‘tkazilgan operatsiya davomida sakkiz kishi qo‘lga olingan, ular ichida yuqori lavozimli shaxslar ham bo‘lgan.
Jinoiy guruh o‘z qing‘irliklarini niqoblash maqsadida bir necha firmalar tashkil etgan. Ular mavjud bo‘lmagan loyihalarga davlat hisobidan pul o‘tkazib kelishgan.