Latviya "O‘zbekiston havo yo‘llari"ni munosib e'tirof etdi

O‘zbekiston 17:14 / 19.03.2016 2099

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi bosh direktori Tyan Valeriy Nikolayevich Latviya Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Latviya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning mustahkamlanishiga salmoqli hissa qo‘shgani, shuningdek, davlatlararo transport aloqalar va yuk tashish sohasini rivojlantirishda muhim rol tutgani uchun faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Yorliqni Navro‘z umumxalq bayrami arafasida Latviyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Edgars Bondars topshirdi.

Ko‘proq yangiliklar: